"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini "Bavariya"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Fichajes.
Manbaning xabariga ko'ra, nemis jamoasi qishki transfer oynasida yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirgan. Myunxen klubi allaqachon futbolchini transfer qilish bo'yicha birinchi taklifni bildirgan, biroq rad javobini olgan.
Oldinroq, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti frantsiyalik yarim himoyachiga daxlsizlik borligini aytgandi.
Kamavinga 2021 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Uning Madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
20 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.