Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachi Marko Asenioga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda ispan matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar faol muzokaralar olib bormoqda. Asensio klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga tayyor.
Asensioning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 2022/2023 yilgi mavsumda Marko La Ligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 3 ta golli uzatma bor.