"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klub bosh direktori Migel Anxel Gil Marinning Ispaniya kubogi doirasidagi o'yindan keyin "Real"ni hakamlarga ta'sir o'tkazayotganlikda ayblagan bayonoti haqida gapirdi.
"Avvalo, vaziyatdan kelib chiqib boshlash kerak. Bu klubga kelganimdan beri hech qachon Migel tarafidan bu kabi bayonotlar bo'lmagan. Biz hech qachon bahona izlamadik. VAR joriy etilishi bilan futbol ancha adolatli bo'ldi. U ko'pchilik jim bo'lgan narsa haqida gapirdi va buni tabiiy ravishda qildi.
Hakamlar ishidagi o'zgarishlar? Hech narsa o'zgarmaydi, chunki ko'pchilik ongli ravishda o'ynaydi. Qachonki ongli ravishda o'ynashna boshlaganiningda, bu juda qiyin bo'ladi. Bizda bor narsani qabul qilishimiz kerak. Biz taklif qilingan sharoitlarda eng yaxshi tarzda raqobatlashishga harakat qilamiz", — dedi Simeone Mundo Deportivo bilan suhbatda.