Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos APL klublari takliflarini rad etdi, deya xabar bermoqda Madrid Xtra Marca nashriga tayanib.
26 yoshli futbolchi madridliklar bilan yozda tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi.
"Real Madrid" rahbariyati Daniga boshqa klublar bilan aloqa o'rnatishga ruxsat berdi, ammo u "dunyoning eng yaxshi jamoasida" qolishni rejalashtirayotgani haqida javob oldi.
Yarim himoyachining JCh-2022dan keyingi o'yinlari "qaymoqranglilar"ni natijaga ta'sir qilishi mumkinligiga ishontirdi. Sebalos so'nggi 5 ta o'yinning barchasida maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.