"Real Madrid" prezidenti Ispaniya Superkubogi finalidagi mag'lubiyatdan g'azablangan.
Bu o'yinda madridliklar “Barselona”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi. Relevo xabariga ko'ra, o'yin natijasi Floretino Peresni anchadan beri kuzatilmagan darajada g'azablantirdi. Klub rahbari ushbu uchrashuvda jamoani jismonan zaif va shijoatsiz o'ynadi, deb hisobladi.
Peres bosh murabbiy Karlo Anchelottidan tushuntirish talab qildi va zudlik bilan javob berishga chaqirdi. Prezident "Real Madrid" uchun ikkinchi darajali sovrinlar yo'qligini ko'rsatmoqchi bo'lgan.