Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchi atrofidagi mish-mishlarga qaramay, o'z yarim himoyachisi Jud Bellingem uchun hali taklif olgani yo'q. Klub sport direktori Sebastyan Kehlning aytishicha, "bamblar" angliyalikni sotish bo'yicha aniq takliflar olmagan.
Avvalroq “Borussiya” yozda o'z futbolchisi uchun 100 million evrodan ortiq mablag' talab qilishi haqida xabar berilgandi. Yarim himoyachi uchun "Real", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Chelsi" kabi klublar da'vogar sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Bellingem joriy mavsum Bundesligada 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.