Ferland Mendi taxminan bir oyni o'tkazib yuborishi mumkin.
Ispaniya kubogi 1/4 finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o'yinda (3:1) jarohat olgan «Real»ning chap qanot himoyachisi keyingi o'yinlarda jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
27 yoshli frantsiyalik futbolchining chap sonida jarohat bor. Yakshanba kuni u «Real Sosedad»ga qarshi o'ynamaydi.
Ferlan shanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar dastlabki tashxis jiddiy chiqsa, futbolchi taxminan bir oyni o'tkazib yuboradi.
Bu holatda u 21 fevral kuni «Liverpul»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o'yinida maydonga tushmasligi mumkin.
Joriy mavsumda Mendi La Liganing 14 uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.