Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya kubogi chorak finalida "Atletiko"ga qarshi o'yindagi g'alaba (3:1) haqida fikr bildirdi va "matraschi"larning himoyachi Stefan Savichning chetlatilishi borasidagi da'volarini tushunmasligini aytdi.
"Ular nimani xohlashayotganini tushunmayapman. Men bahslashishni yoqtirmayman, lekin nima talab qilishganini bilmayman. Savich maydondan chetlatildi va biz o'yinga qaytdik, boshqa aytadigan gapim yo'q. Men ajoyib gol urdim va g'alaba qozondik.
Anchelotti tanaffusda kiyinish xonasida nima dedi? Bilmadim, chunki men u paytda maydonda mashg'ulot o'tkazib, jamoamga yordam berishga tayyorlanardim. Anchelotti - juda yaxshi murabbiy, men u bilan ishlashdan mamnunman, u bizni ishonchga to'ldiradi. Maydonga tushayotganimda u menga turtki berdi. Bu bizga o'yinga qaytishimizga yordam berdi", - dedi Rodrigo Mundo Deportivo bilan suhbatda.