“Real” futbolchisi Vinisius Junior madridliklar safini tark etish istagida emas.
UOL Esporte nashrining xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi doimiy irqchilik bilan bog'liq muammolarga duch kelayotgan bo'lsa-da, “Real”dan ketishni xohlamaydi. U irqchilikka qarshi kurashib, “qaymoqranglilar” safida tarix yozishda davom etmoqchi.
“Vinisiusning ketish ehtimoli nol. Irqchilik munosabati ko'rinishi uni yanada kuchli qiladi. Vini muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqchi. Irqchilar bunga ko'nikishiga to'g'ri keladi”, — deydi futbolchiga yaqinroq vakil.
Vinisius Junior “Real” safida allaqachon 7 ta sovrin qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan va u jamoa bilan yanada ko'proq sovrin yutishni maqsad qilgan.