"Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata kecha Ispaniya kubogi chorak finalida "Real"ga qarshi safar uchrashuvida hisobni ochdi. Biroq qo'shimcha bo'limlarda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan “matraschilar” turnirdan chiqib ketishdi.
Morata raqib darvozasini ishg'ol etganidan keyin orqasidagi familiyasining birinchi ikki harfini qo'li bilan yopdi va oxiriga "Rata" so'zi tushdi. Bu ispan tilida kalamush degan ma'noni anglatadi.
Eslatib o'tamiz, Morata "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va o'z vaqtida "Qirollik klubi" safida 95 ta o'yinda 31 ta gol urgan. "Qaymoqranglilar" tarkibida Alvaro ikki marta Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.