"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak "Real"ga qarshi Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvida (1:3) bosh hakamning "qirollik klubi" yarim himoyachisi Daniel Sebalosga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatmaslik haqidagi qarorini tanqid qildi.
"Menimcha, bu chetlatish edi. Hakam "Real" futbolchisini maydondan chetlatishi kerak edi. Biz 1:0 hisobida oldinda bo'lganimizda Sebalosga ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatishi kerak edi. Lekin ular boshqacha qarorga kelishdi. Biz bunga allaqachon o'rganib qolganmiz. Qiyin bo'ldi, ammo jamoa oxirigacha kurashdi, biz gol urish uchun hamma narsani qildik", - dedi darvozabon Marca bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, hakam “Atletiko” himoyachisi Stefan Savichga ikkita sariq kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatdi. "Matraschilar" ozchilikda qolganidan keyin "Real" qo'shimcha vaqtda ikkita gol urdi.