Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya kubogi chorak finalida «Atletiko»ga (3:1) qarshi o'yindan so'ng esdalik futbolkasini oldi. Klub prezidenti Florentino Peres 33 yoshli germaniyalik futbolchiga 250-raqamli futbolkani sovg'a qildi.
«Atletiko» ustidan qozonilgan g'alaba Kroos uchun «Real» safidagi 250-si bo'ldi. U jamoada 2014 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Kroos «Real» safida jami 389 ta o'yin o'tkazib, 27 ta gol urgan va 87 ta golli uzatmani amalga oshirgan.