Ispaniya Kubogi chorak final bahsida “Real” va “Atletiko” o'zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochdi. 79-daqiqada esa Rodrigo muvozanatni tikladi. Shu tariqa jamoalar qo'shimcha bo'limlarga yo'l oldi.
Qo'shimcha bo'limlarda “matraschilar” bir kishi kam bo'lib qoldi. 99-daqiqada Stefan Savich qo'polligi uchun qizil kartochka oldi. 104-daqiqada esa Karim Benzema “qaymoqranglilar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yin yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganda Vinisius Junior madridliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.
Karlo Anchelotti shogirdlari 3:1 hisobida zafar quchib, yarim finalga yo'l oldi.
Ispaniya kubogi, chorak final bahsi
26 yanvar, payshanba
“Real” – “Atletiko” 3:1
Gollar: 0:1 – 19 Morata, 1:1 – 79 Rodrigo, 2:1 – 104 Benzema, 3:1 – 120 Vinisius Junior.
Chetlatish: Stefan Savich (99)
“Real Madrid”: Kurtua, Nacho (Odriosola, 115), Ryudiger, Militao, Mendi (Sebalos, 44), Modrich, Kroos (Asensio, 74), Kamavinga, Valverde (Rodrigo, 69; Martin, 115), Benzema, Vinisius Junior.
“Atletiko”: Oblak, Molina, Savich, Ermoso, Reynildu, Koke (Saul, 83), De Pol (Kondogbia, 83), Lemar (Karrasko, 74), Grizmann (Barrios, 90), Morata (Vittsel, 63), Korrea (Depay, 74).
Ogohlantirishlar: De Pol (44), Reynildu (54), Ermoso (62), Sebalos (69), Vinisius Junior (97), Savich (97), Koke (105).