Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Qirollik klubi”ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunindan norozi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, italiyalik mutaxassis ukrainalikka ishonmaydi va "Real" skautlaridan o'rinbosar topishni so'ragan. "Qaymoqranglilar"ning selektsiya bo'limi boshlig'i Juni Kalafat yangi o'rinbosar darvozabon izlaydi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Lunin ettita o'yin o'tkazib, to'rtta gol o'tkazib yubordi va uch marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirdi. Ukrainalik darvozabon 2019 yilda "Real Madrid" futbolchisiga aylandi. Madrid klubidagi faoliyati davomida Lunin "Leganes", "Valyadolid" va "Ovedo" klublariga ijaraga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Uning ispan grandi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.