"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Aurelien Tchuameni o'yinini yuqori baholadi. Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi hozirda jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
"Tchuameni boshqa yarim himoyachi bilan bir tarkibda o'ynashdan noqulayliklarga duch keladi. Kamavinga bu borada butunlay boshqacha, u moslasha oladi”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Ertaga Ispaniya kubogi chorak finalida "Atletiko"ga qarshi o'yinda "Real Madrid"ning asosiy tarkibida Kamavinga bilan o'ynaydi. Unga yarim himoyada Toni Kroos va Luka Modrich yordam beradi.