"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubi hujumchisi Vinisius Junior haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Vinisius futbolchilar bilan kurashishga va hakamlar tomonidan mumkin bo'lgan kartochkalar tufayli to'liq kuch bilan o'ynashdan qo'rqmaydi. U ajoyib formada va uning ruhiy holati bizga muhim. Biz uni himoya qilishimiz kerak. Menimcha, futbolga Vinisiusdek insonlar kerak", — dedi Anchelotti.
22 yoshli futbolchi joriy mavsumda La Ligada 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.