Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Dani Sebalos bilan xayrlashish haqidagi fikrini o'zgartirdi. Yarim himoyachi so'nggi uchrashuvlarda o'z o'yini bilan yaxshi taassurot qoldirdi va "qaymoqranglilar" rahbariyati unga yangi shartnoma taklif qilishga qaror qildi.
Goal.com portalining xabar berishicha, yaqin orada tomonlar muzokara stoliga o'tirishadi. "Real Madrid" va Sebalos o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati shu mavsum oxirigacha hisoblangan.
Ispaniya chempionatining 2022/2023 yilgi mavsumida 26 yoshli yarim himoyachi o'nta jangda qatnashib, golli uzatmani amalga oshirdi va sariq kartochka oldi.