Bilbaoning "Atletik" klubi sobiq bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral bir kun kelib "Real" yoki "Barselona"da ishlashiga ishonmayapti.
Eslatib o'tamiz, murabbiy o'tgan mavsum oxirida "basklar" safini tark etganidan keyin hamon ishsiz yuribdi.
"Real" yoki "Barselona"? Ishonchim komilki, ular menga hech qachon qo'ng'iroq qilishmaydi. Men ularning talablariga mos kelmayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis Madrid Zone bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda La Ligada "Real" va "Barselona" chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Kataloniyaliklar “qirollik klubi”dan uch ochko oldinda.
Marselino avvalroq “Valensiya”, “Vilyarreal” va “Sevilya”da ham ishlagan.