"Real" himoyachisi Nacho Fernandes "qirollik klubi" rahbariyatidan xafa bo'ldi.
Diario AS xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi jamoa unga xiyonat qilgan deb hisoblamoqda.
Xafagarchilikka "qaymoqranglilar"ning yil davomida erkin agent sifatida ikki nafar markaziy himoyachi - Antonio Ryudiger va David Alaba bilan shartnoma imzolagani sabab bo'lgan. "Qirollik klubi"da 11 yildan ortiq o'ynagan Nacho jamoadagi muhim o'rni bilan taqdirlanishini kutgan, ammo rahbariyat boshqacha yo'l tutishga qaror qilgan.
Nachoning "Real" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Futbolchi jamoa bilan shartnomasini uzaytiradimi yoki yo'qmi, bu boshqa muhim masala.