«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Evropa chempionlar ligasining finalida qaysi jamoa yutishi borasida o'z taxminini bildirib o'tdi.
«Chempionlar ligasini "Yuventus" qo'lga kiritadi. Shundan so'ng "Oltin to'p" Jiji Buffonga nasib etadi», — dedi Grizmann Goal nashriga bergan intervyusida.
«Yarim finalda yutqazishdan ko'ra, finalda yutqazish og'riqliroq. Final uchun maydonga tusharkansan, boshing uzra sovrinni ko'tarish haqida o'ylaysan, shunga tayyorlanasan. Mag'lub bo'lish esa juda og'ir», — qo'shimcha qildi futbolchi.