"Real" vingeri Marko Asensio klubdan yangi shartnoma taklifini oldi.
Xabaringiz bor, 27 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar” safida o'ynashda davom etishni istasa-da, moliyaviy ahvol yaxshilanishini va jamoada muhim rol o'ynashini kutmoqda. Marca xabariga ko'ra, "Real Madrid" rahbariyati Asensioga 2027 yilning yoziga qadar hisoblangan shartnoma taklif qilgan. Futbolchi shartnoma muddatidan qoniqsa-da, taklif qilingan maoshdan hali ham qoniqmayapti.
Marko Asensioning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 6 oydan keyin tugaydi. Mish-mishlarga ko'ra, "Barselona" uni yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga tayyor.