"An-Nasr" rahbariyati Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida yakunlashini istamoqda.
Hujumchining "An-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi. Shartnoma muddati tugashi vaqtida Krishtianu 40 yoshda bo'ladi va "An-Nasr" rahbariyati Krishtianu faoliyatini boshqa ligada yakunlashi dargumon deb hisoblamoqda.
ESPN nashri xabariga ko'ra, "An-Nasr" portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma muddati tugaganidan keyin ham faoliyatini davom ettirmoqchi bo'lsa, uni uzaytirish imkoniyatidan voz kechmaydi.
"An-Nasr" Ronalduning "Manchester Yunayted", "Real" va "Yuventus"dagi tajribasidan Saudiya Arabistoni va butun Osiyo futbolining flagmaniga aylanish niyatida.
Yakshanba kuni Krishtianu Ronaldu "An-Nasr" safida "Al-Ittifoq"qa qarshi o'yinda (1:0) debyut qildi.