"Real" tarbiyalanuvchisi Markos Lorente Ispaniya Kubogining chorak finalida o'zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushmaydi.
Madrid Xtra nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Atletiko" himoyachisi jarohat oldi va yaqinlashib kelayotgan derbida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, payshanba kuni tunda "Atletiko" va "Real" jamoalari Ispaniya Kubogining chorak final bosqichida o'zaro bahs olib boradi.
Lorente 2019 yilning yozidan beri "Atletiko" tarkibida o'ynayapti.