Portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu "APOEL"ga qarshi uchrashuvdan so'ng jurnalistlarga intervyu berib o'tdi.
"Bu uchrashuvda g'alaba muhim edi, biz o'z uyimizda o'ynaymiz va Chempionlar Ligasi startini yaxshi boshlashimiz kerak edi. O'ylashimcha, biz yaxshi o'ynadik. Himoyaga ixtisoslashgan jamoaga qarshi o'ynashimizni bilar edik. Bundan ham ko'proq gol urishimiz mumkin edi, lekin hammasi yaxshilikga bo'ldi. Maydonga qaytganimdan xursandman. Chempionlar Ligasi asosiy musobaqa, yana futbolga qaytdim va men uchun gol kiritish asosiy maqsad edi. Kiritgan golim jamoaga foyda keltirganidan xursandman. Albatta, biz Chempionlar Ligasini yutishni xohlaymiz. Chempionlar Ligasi - "Real Madrid" musobaqasi." - deydi Ronaldu.