"Barselona" "Real" vingeri Marko Asensioga qiziqish bildirmoqda.
Diario Sport xabariga ko'ra, Kataloniya klubi 27 yoshli qanot hujumchisi bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga chiqqan. Uning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Futbolchining agenti Xorxe Mendesh uni Premer-liganing ko'plab klublariga, shuningdek, "Barselona"ga taklif qildi.
Kataloniyaliklar sport rahbariyati Mendesh bilan yaqin munosabatlarga ega. Mendesh va kataloniyaliklar vakillari Asensioni "Barsa"ga o'tkazish variantini muhokama qilishdi.
Madridliklar Asensioga yangi shartnoma taklif qildi, ammo futbolchi maoshdan qoniqmadi. Tomonlar kelishuvga erisha olishmadi, chunki futbolchining moliyaviy talablari "Real Madrid" unga berishga tayyor bo'lgan summadan yuqori.
Asensio hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q. Uning "Real"da qolishi ehtimoli bor.
Qanot hujumchisi joriy mavsum Madridliklar safida barcha turnirlar doirasida 22 o'yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.