"Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos klub bilan shartnomasidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
26 yoshli ispaniyalikning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
"Real Madrid"da o'ynash - sharaf, bu dunyodagi eng katta klub. Shartnomam tugashiga 4 oy qolgan. Oldinda ko'plab o'yinlar bor, ularda men saviya bo'yicha jamoaga mos ekanligimni va qolishim mumkinligini ko'rsata olaman", - deya Sebalosning so'zlarini keltiradi AS.
2022/23 yilgi mavsumda Sebalos "Real Madrid" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.