Karlo Anchelotti raqiblar tomonidan Vinisius Juniorga bo'lgan bosim haqida gapirdi.
"Real"ning 22 yoshli vingeri La Liga 18-turida "Atletik"ga (2:0) qarshi o'yinda qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi.
“Men unga men bilan gaplashishini aytdim. Vini o'z futbolini o'ynadi. U ajoyib futbolchi va juda sezgir yigit.
To'g'ri, hamma unga bosim o'tkazadi: raqiblar, raqib muxlislar, ba'zida hakamlar ham.
U, har doimgidek, ko'p marta oyoqlariga zarba qabul qilib oldi. Shikoyat qilmaslik uchun u o'zini yaxshilashga harakat qiladi. Lekin hamma unga bosim o'tkazadi. Menimcha, bu to'g'ri ish emas.
Vini futbol o'ynashni yaxshi ko'radi. Ba'zida u diqqatni yo'qotadi, lekin u juda yosh. Men uni juda yaxshi ko'raman va hamma uni hurmat qilishini istaymiz”, - dedi “Real” bosh murabbiyi.