Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Goes "Vilyarreal"ga (3:2) Ispaniya kubogi 1/8 finalining 56-daqiqasida uni almashtirgan bosh murabbiy Karlo Anchelotti bilan qo'l berib ko'rishmadi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi Anchelottini juda hurmat qiladi va omadsiz o'yindan so'ng kayfiyati tushib ketgani uchungina qo'l berib ko'rishmagan. Rodrigo yomon o'yin uchun o'zidan jahli chiqdi, shuning uchun u bosh murabbiy bilan qo'l berib ko'rishishni unutdi.
"Real" Rodrigo maydonni tark etganidan so'ng darhol o'yinni o'zgartirdi: Vinisius 57-daqiqada gol urdi, undan keyin Eder Militao va Dani Sebaloslar gol kiritishdi. Bungacha Madrid klubi 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi va Ispaniya kubogidan chiqib ketish xavfi ostida qolgandi.