Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Luis de la Fuente kecha "Real Madrid" uchun Ispaniya kubogida "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda gol urgan va golli uzatmani amalga oshirgan Dani Sebalosning ashaddiy muxlisidir.
Jurnalist Serxio Santosning so'zlariga ko'ra, Sebalosga Germaniyada bo'lib o'tadigan Evro-2024da juda muhim rol beriladi. Luis de la Fuente Daniga Ispaniya uchun juda muhim futbolchi sifatida qaraydi.
Eslatib o'tamiz, mavsum oxirida Sebalos "Real" bilan shartnomasini yakunlaydi.