"Barselona" ayollar o'rtasidagi "El Klasiko"da g'alaba qozondi.
Kataloniya klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Real”ni qo'shimcha bo'limlardan so'ng 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yinning 59-daqiqasida Iren Paredes ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etganidan so'ng, "Barselona" bir soatdan ko'proq vaqt ichida bir kishi ko'p bo'lib o'ynadi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. “Barselona” hujumchisi Klaudiya Pina 24-daqiqada hisobni ochdi. “Real” esa 54-daqiqada shotlandiyalik Kerolayn Veyrning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.
Qo'shimcha bo'limlarda faqat "Barselona" futbolchilari gol urishdi. Mariona Kaldentey 111-daqiqada penaltidan, Salma Paralluelo esa 120-daqiqada gol urdi.
"Barselona" Ispaniya Superkubogi finalida "Real Sosedad"ga qarshi maydonga tushadi.