Serbiya terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubining markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirmoqchi.
Goal.com portali ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli to'purar o'z xizmatlarini "Real"ga taklif qilgan. Dushan 35 yoshli frantsiyalik Karim Benzemani o'rnini bosishga tayyor.
Vlaxovich "Keksa sinora" safida 2022 yilning yanvaridan buyon o'ynab kelmoqda. Dushanning Turin grandi bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Uning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.
Italiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi o'nta o'yin o'tkazib, oltita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.