Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin, deb xabar beradi El Nacional.
Manbaga ko'ra, futbolchiga Italiyaning "Inter" va Angliyaning "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, Modrichning o'zi bu mavsumda "Real"dan ko'ngli to'lgan va klubni tark etishga qarshi emas.
Modrichning "Real" bilan amaldagi shartnomasi shu yozgacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida 22 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.