"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Vilyarreal"ga qarshi o'ziga xos o'yin o'tkazdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasidagi o'yinda "Vilyarreal" ustidan irodali g'alabaga erishdi (3:2). Sebalos esa ikki golda ishtirok etib, uchrashuv qahramonlaridan biriga aylandi: 57-daqiqada u Vinisiusga golli uzatma berdi va 86-daqiqada o'zi g'alaba golini kiritdi.
Opta portali xabariga ko'ra, "Real" safida 90 ta o'yinda maydonga tushgan 26 yoshli ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida birinchi marta bitta o'yinda gol urdi va golga assistentlik qildi.
Dani Sebalos 2017 yildan beri Madridga klubi tegishli. 2019-2021 yillarda Londonning "Arsenal" klubida ijara asosida o'ynagan.