"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya kubogi doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan irodali g'alaba (3:2) haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Tanaffusga qadar o'yin 2:0 hisobida "Vilyarreal" jamoasi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi bo'limda Vinisius Junior, Eder Militao va Dani Sebalosning aniq zarbalari madridliklarga g'alaba keltirdi.
"Tanaffus paytida men juda g'azablandim. Biz birinchi bo'limni butunlay muvaffaqiyatsiz o'tkazdik, "Real" bunday o'ynamasligi kerak. Men futbolchilarga uyg'onishlarini aytdim. Yaxshiyamki, ular yaxshi javob berishdi, lekin biz butunlay qulashga juda yaqin edik. Ha, yakunda biz g'alaba qozondik, ammo birinchi bo'limdagi dahshatli o'yin tez orada unutilmaydi" - dedi Anchelotti o'yindan keyingi intervyusida.