Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio Ispaniya kubogi doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
26 yoshli futbolchi 56-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va samarali uzatmani amalga oshirib, jamoasining 3:2 hisobida irodali g'alabaga erishishiga yordam berdi.
"Biz klub bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Ko'ramiz, nima bo'ladi. Men shartnomani uzaytirishni va "Real"da uzoq vaqt qolishni istayman, lekin bu nafaqat menga bog'liq emas", - dedi futbolchi COPE bilan suhbatda.
Marko Asensioning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi shu yilning iyun oyida yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.