"Real"ning ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uni Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritmaganidan xafa bo'ldi, deb xabar beradi Relevo.
Manba bergan xabarga ko'ra, avvaliga bu o'yinda ukrainalik futbolchi maydonga tushishi rejalashtirilgan edi, ammo keyin "qirollik klubi" murabbiylar shtabi darvozabon haqidagi qarorni o'zgartirdi.
Joriy mavsumda 23 yoshli Lunin “Real” safida 7 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol o'tkazib yubordi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.