«Real Madrid» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti so'nggi ikki o'yinda yarim himoyachi Eduardo Kamavingani nima uchun zaxiraga olganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, frantsiyalik futbolchi «Barselona» va «Valensiya» bilan o'yinlarda tanaffusda almashtirilgan edi.
«Valensiya»ga qarshi o'yinda birinchi bo'limdan so'ng Kamavingani almashtirdim, chunki u sariq kartochka olgandi.
«Barselona»ga qarshi o'yinda ham shunday qildim, chunki hujumga qo'shimcha o'yinchi qo'ymoqchi edim. Eduardo ajoyib ish qilyapti, men unga to'liq ishonaman», - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga joriy mavsum La Liganing 16 o'yinida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.