Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti nima uchun yarim himoyachi Luka Modrich Ispaniya kubogining ⅛ finali doirasida bo'lib o'tadigan “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligini tushuntirdi.
“Modrich jahon chempionatida o'ynadi. Endi u o'zini yaxshi his qilmayapti. U tez orada tuzalib ketadi. Bu vaqt masalasi”, - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Modrich Xorvatiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan edi.