"Real Madrid" murabbiylar shtabi asosiy jamoaga 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Vinisius Tobiasni olib o'tishni ko'rib chiqmoqda.
Madrid Xtra nashrining jurnalist Xose Luis Sanchesga tayanib xabar berishicha, bu qaror Dani Karvaxalning jarohati bilan bog'liq bo'lib, u "Atletiko" va "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlarni mushaklari shikastlangani uchun o'tkazib yuboradi.
Tobias bungacha faqat “Kastilya”da o'ynagan. U "Shaxtyor"dan ijaraga olingan va klublar to'liq sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda - avvalroq transfer 10 million evroga teng bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.