Madridning "Real" klubi Karlo Anchelottini to'liq qo'llab-quvvatlaydi.
Marca nashriga ko'ra, rahbariyat italiyalik 63 yoshli mutaxassisning hozirgi ishidan to'liq qoniqmoqda va yaqin orada u bilan xayrlashish niyatida emas.
Anchelotti va "qaymoqranglilar" o'rtasidagi shartnoma 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan. Hozirda klub La Ligada "Barselona"dan 3 ochko ortdaq qolib, 2-o'rinda bormoqda.