Ispaniyalik jurnalist Ciro Lopesning xabar berishicha, "Real Madrid" prezidenti Florentino Peres 2025 yilda o'z lavozimini tark etadi.
Manbaga ko'ra, ispaniyalik funktsioner klub stadionini rekonstruktsiya qilish ishlarini yakunlashni klub oldidagi so'nggi katta burchi deb biladi.
Peres ilk bor 2000 yil iyul oyida “Real” prezidentligiga kelgan. 2006 yil fevral oyida u iste'foga chiqdi. Florentino ikkinchi marta 2009 yilda "qaymoqranglilar" prezidenti bo'ldi va shundan beri o'z lavozimini egallab kelmoqda.
"Real Madrid" La Liganing 16-turidan keyin 38 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Madrid klubi chempionat peshqadami “Barselona”dan 3 ochko ortda qolmoqda.