“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Alexandro Garnacho Evropaning yana ikki grandi uchun transfer varianti bo'lib turibdi. Jurnalist Migel Delanining xabar berishicha, argentinalik futbolchining shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni “Real” va Turinning “Yuventus” klublari kuzatmoqda.
Garnachoning "qizil iblislar" bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirida tugaydi. "Manchester Yunayted" hozirda Alexandro bilan shartnomani uzaytirish ustida faol ishlamoqda.
Garnacho joriy mavsumda Erik ten Xag qo'l ostida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Argentinalik futbolchi hisobida Angliya Premer-ligasida bitta gol va ikkita golli uzatma bor.