«Real» Ispaniya superkubogi finalida «Barselona»ga mag'lub bo'ldi (1:3).
"OK Diario" nashrining xabar qilishicha, Karlo Anchelotti o'yindan keyin kiyinish xonasida futbolchilar bilan 2 soatdan oshiq suhbat qurgan. Murabbiy o'yindagi pasayish va ko'payib ketgan xatolar haqida gapirgan.
Klubdagi manbalarga ko'ra, muhokama sokin ruhda o'tgan, tomonlar bir-biri bilan maksimal darajada ochiq gaplashgan.
Anchelotti suhbatni quyidagi gap bilan yakunlagan: «Ertaga dam olamiz, 17 yanvardan esa bazaga qaytamiz va hozirgi holatni to'g'rilashga kirishamiz».