«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Evropa chempionlar ligasi doirasida APOELga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (3:0) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Birinchi bo'limda unchalik yaxshi o'ynay olmadik, ikkinchi taymda juda yaxshi harakat qildik. Musobaqani g'alaba bilan boshlash va o'z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish — bu muhim.
Ronaldu – bizning eng muhim futbolchimiz. U doimo kerakli joyda paydo bo'ladi va gollar uradi. Umid qilaman, u shunday ruhda o'ynashda davom etadi.
Biz mavsumni juda yaxshi boshladik. Ikkita sovrinni qo'lga kiritdik. Boshlagan ishni davom ettirishimiz kerak.
Beyl bir nechta pozitsiyalarda o'ynay oladi, jumladan, chap qanotda ham. Bugun u o'zining universal ekanini namoyish qildi. Biz o'yinni Ronaldu va Beyl hujum juftligi bilan boshladik, keyin esa Garet o'z pozitsiyasini o'zgartirdi.
Asta-sekin biz avvalgi Beylni ko'ra boshlaymiz. O'tgan mavsumda u 4 oy maydonga tusha olmadik. Beyl mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o'tadi. Jarohat olmadi, ko'p o'yinlarda ishtirok etdi. Biz hali haqiqiy Garetni ko'ramiz. U o'sishda davom etmoqda. Uning bugungi o'yinidan qoniqish hosil qildim», — dedi Zidan.