Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Benjamin Pavar faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Todofichajes.
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, 26 yoshli futbolchiga "Real" qiziqish bildirmoqda. “Qirollik” klubi nemis grandi bilan shartnomasi 2024 yil yozida yakuniga etadigan futbolchi uchun “Barselona” bilan kurash olib borishi kerak. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida Benjamin 13 ta jang o'tkazib, bitta gol urdi va ikkita sariq kartochka oldi.