Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos Gaviga nisbatan qo'pollik qilgani uchun jazolanmadi.
Ispaniya Superkubogi finalining ikkinchi bo'limida 0:3 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo'layotgan vaqtda madridlik futbolchi to'pni ko'tarib kelayotgan raqibining sochidan tortib oldi. Bunga javoban Gavi Sebalosni ko'kragidan turtib yubordi.
Rasm: Movistar translyatsiyasidan olingan
Bosh hakam Rikardo Bengoechea Sebalosga na qizil, na sariq kartochka ko'rsatdi.
Gavi "Real"ga qarshi o'yinda bir gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.