"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi final o'yini (3:1) arafasida Gavi bilan bo'lgan suhbatni esladi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvda 18 yoshli ispaniyalik va 34 yoshli polshalik bittadan gol urdi va bittadan golli uzatmani amalga oshirib, uchrashuvning asosiy qahramoniga aylanishdi.
"Men unga yaqin bo'lsak, xavfli vaziyatlarni yaratishimiz mumkinligini aytdim", - deya Levandovskining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es nashri.