Kataloniyaning "Barselona" klubi ustozi Xavi Ernandes Ispaniya Superkubogi finali doirasida "Real"ga qarshi o'yinning (3:1) eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Gavi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uning o'yinini ko'rsam, indamay qolaman. Gavi butun qalbi bilan futbol o'ynaydi. U maydonda bo'lmaganida o'zimni noqulay his qilaman. 18 yoshida bu yigit jamoaga qo'shimcha kuch beradi. U hamma kuchini 100 foiz sarflaydi. U tug'ma etakchi", - dedi Xavi Marca bilan suhbatda.
Oxirgi finalda 18 yoshli yarim himoyachi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer narxi 90 million evroga baholanmoqda.