"Real"ning sobiq hujumchisi Maykl Ouen jamoasining Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi.
“Kurtua 3 ta gol o'tkazib yubordi va “Real”ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, bu hammasini ko'rsatadi. Ikki jamoaning zaxirasini solishtirib, hayratda qoldim.
O'yin davomida himoyachilar har bir uzatmalarda shoshilishar, noqulay vaziyatga tushib qolgan futbolchilarga pas berishardi.
"Real Madrid" Vinisius bilan qarshi hujumda o'ynashga harakat qildi, bu aniq, lekin reja hammaga qarshi faqat Vinisius bo'lishi kerak emas" - deydi Ouen.