Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Fernando Morentes jamoasining Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona"ga qarshi o'yini haqida gapirdi.
“Valverdedan ko'proq narsani kutgandim. Kroosga maydonda umuman bo'sh joy qolmadi. Menga Kamavinga juda yoqadi, ammo bu jangda Eduardo ko'pincha to'pni kechirib bo'lmas darajada oldirib qo'yaverdi", - deydi Morentes.
Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi "qirollik" klubining 1:3 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. "Real Madrid" safida yagona golga Karim Benzema mualliflik qildi.